Yordam
AI Collector, AIC Field mobil ilovasi yoki shu sayt bo‘yicha savolingiz bo‘lsa — bu yerda qayerga yozish va ko‘p uchraydigan holatlarda nima qilish kerakligi yozilgan.
Biz bilan bog‘lanish
Platforma, ilova, hisobingiz yoki ma’lumotlaringiz bo‘yicha:
Yozganingizda ko‘rsating
- Kim
- Tashkilotingiz nomi va rolingiz.
- Qayerda
- Veb-ilova yoki AIC Field; ilova uchun — uning versiyasi (Sozlama ekranida) va telefon modeli.
- Nima bo‘ldi
- Nima qildingiz, nimani kutdingiz va nima bo‘ldi, taxminan qachon; skrinshot yoki diagnostika jurnali.
- Yubormang
- Parol, ikki bosqichli kirish kodi, qarzdorlarning pasport ma’lumotlari, JShShIR yoki karta raqamlari. Ishni ko‘rsatish uchun shartnoma raqami yetarli.
AIC Field ilovasi
Tashkilotlarning tashrif xodimlari uchun Android va iPhone ilovasi.
- Kirish
- Hisobni tashkilotingiz ochadi: u bergan e-pochta yoki login bilan kiring — ilovada ro‘yxatdan o‘tish yo‘q. «Sizda faol tashkilot yo‘q» chiqsa, rahbaringizga murojaat qiling. Ikki bosqichli himoya majburiy bo‘lsa, uni avval veb-ilovada yoqing.
- Parolni unutdingiz
- Veb-ilovaning kirish sahifasida «Parolni unutdingizmi?» havolasidan foydalaning yoki administratoringizdan so‘rang.
- Joylashuv
- Smena joylashuvga ruxsatsiz boshlanmaydi. Ruxsatni rad etgan bo‘lsangiz, telefon sozlamalarida AIC Field uchun uni yoqing. Joylashuv faqat smena davomida yoziladi.
- Androidda iz uziladi
- Batareya tejash rejimi kuzatuvni to‘xtatishi mumkin: «Sozlama → Fon rejimida kuzatuv → Sozlash» orqali AIC Field’ga ruxsat bering.
- Kamera
- Tashrif suratlari faqat ilova ichidagi kamera bilan olinadi. Kamera ochilmasa, telefon sozlamalarida AIC Field uchun kameraga ruxsat bering.
- Internet yo‘q
- Tashriflar, va’dalar va to‘lovlar telefonda saqlanadi va aloqa paydo bo‘lishi bilan o‘zi yuboriladi; navbatni «Offline navbat» ekranida ko‘rasiz. Yuborilmagan ishlar hisobdan chiqqaningizda ham o‘chmaydi va qayta kirganingizda yuboriladi.
- Xatolik chiqsa
- «Sozlama → Yordam → Diagnostika»da xatolar jurnalini nusxalab, xabaringizga qo‘shing — unda shaxsiy ma’lumotlar yo‘q.
- Xavf tug‘ilsa
- SOS tugmasini 2 soniya bosib turing — nazoratchingiz joylashuvingiz bilan xabar oladi. Shoshilinch yordam uchun 112 ga qo‘ng‘iroq qiling.
Tashkilotlar uchun veb-ilova
- Kirish
- aic.coforge.uz manzilida, tashkilotingiz bergan hisob bilan.
- Xodimlar va rollar
- Xodimlarni tashkilot administratori taklif qiladi, rollarini belgilaydi va jamoadan chiqaradi; taklif havolasi 7 kun amal qiladi.
- Parolni unutdingiz
- Kirish sahifasidagi «Parolni unutdingizmi?» havolasi pochtangizga tiklash havolasini yuboradi.
Sizga qarz bo‘yicha murojaat qilishdimi?
AI Collector’dan qarzni undirayotgan tashkilot foydalanadi. Qarz summasi, to‘lovlar va e’tirozlar bo‘yicha o‘sha tashkilotga murojaat qiling — qarorni u qabul qiladi. Siz haqingizdagi ma’lumotlar va ularni o‘chirish haqida — Maxfiylik siyosatida.
Ma’lumotlaringizni o‘chirishSaytdagi namoyish qo‘ng‘irog‘i
Namoyish — sinov versiyasi. Har bir raqam va qurilmaga cheklangan miqdordagi javob berilgan qo‘ng‘iroq beriladi; nechtasi qolganini panelning o‘zi ko‘rsatadi. Namoyish ma’lumotlaringizni o‘chirishni so‘rash uchun bizga yozing va kiritgan telefon raqamingizni ko‘rsating.
Namoyish qanday ma’lumotlarni saqlaydiMa’lumotlaringiz
Nimalarni yig‘ishimiz, ularni qancha saqlashimiz, kimga uzatishimiz va o‘chirishni qanday so‘rash mumkinligi — Maxfiylik siyosatida.
Maxfiylik siyosati